Respublika bolalar kutubxonasi

Blokcheyn iqtisodiyoti: Institutsional kriptoiqtisodiyot bo‘yicha yangi boshlovchilar uchun qo‘llanma

Respublika bolalar kutubxonasi — bu tarixiy binoda joylashgan zamonaviy kitob muassasasi, madaniyat markazi va bolalar hamda kattalar uchun ochiq jamoat makonidir. Loyihaning yuragida — 1965-yildan buyon shu manzilda faoliyat yuritib kelayotgan bolalar kutubxonasi mavjud. Bugungi kunda kutubxonada ochiq kitob fondi, ommaviy dasturlar, ustaxonalar, qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar va barcha uchun erkin axborot olish imkoniyati mavjud. Dastur asosan 3 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qaratilgan. Ular uchun kutubxona o‘qish, ijodkorlik va salohiyatni rivojlantirish uchun qulay muhit yaratadi. Bizningcha, bu nafaqat bolalar, balki kattalar uchun ham muhim. Kutubxona dasturida ular uchun ham joy va vaqt ajratilgan.

Bino 1909-yilda me’mor Markevich tomonidan qurilgan. Dastlab bu paxta fabrikasi egasi Vadyayevning uyi bo‘lgan, 1910-yildan boshlab esa jamoat yig‘inlari o‘tkaziladigan joy sifatida ishlatilgan. 1930-yillarda bu yerda “Komsomolning 30 yilligi” nomli kinoteatr ochilgan. Hozirda faqat binoning chap qanoti — kutubxona joylashgan qismi saqlanib qolgan. Unda Markaziy Osiyodagi eng yirik bolalar kitoblari to‘plamlaridan biri mavjud — 200 mingdan ortiq nusxa. 2020-yilda binoni rekonstruksiya qilish loyihasi taqdim etilgan, uni Rossiyadagi Ludi Architects byurosi amalga oshiradi.

Respublika bolalar kutubxonasining rekonstruksiyasi, qayta ochilishi va dasturiy yangilanishi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tashabbusi bilan boshlangan. Bu O‘zbekistonda ilk bor amalga oshirilayotgan shunday loyiha hisoblanadi. Jamg‘arma o‘z missiyasi doirasida kutubxonani xalqaro darajadagi zamonaviy muassasa sifatida saqlab qolish va rivojlantirish, uning faoliyatini dolzarblashtirish hamda zarur imkoniyat va resurslar bilan ta’minlash vazifasini o‘z zimmasiga olgan. Ushbu loyiha...

Bo‘sh ish o‘rinlari
Bizning jamoamizga qo‘shiling